Biz bilan biznesingiz onlayn maydonda aniq ko‘rinadi
No-code yechimlari yordamida kodsiz, tez va professional saytlar yaratamiz. Brendingiz uchun mos dizayn, mobilga moslik va SEO asoslari bilan ishlaymiz.
Zamonaviy texnologiyalar bilan biznesingizni yangi bosqichga olib chiqing. Veb-sayt yaratish, avtomatlashtirish, onlayn sotuvlar va mijozlar bilan ishlash tizimlari — barchasi bir joyda.
Portfolio / Shaxsiy saytlar
Ijodiy ishlaringiz yoki shaxsiy brendingizni zamonaviy va jozibador dizaynda namoyish eting.
Korporativ saytlar
Kompaniyangiz faoliyati, xizmatlari va jamoasini professional tarzda taqdim eting.
Onlayn-do'kon
Mahsulotlaringizni onlayn sotish va mijozlarga qulay xarid tajribasini taqdim eting.
Landing page / Bio link
Bir mahsulot, xizmat yoki barcha ijtimoiy tarmoqlaringizni bitta havola orqali targ‘ib qiling.
Vizitka / Tadbir saytlar
Tadbirlar, uchrashuvlar yoki shaxsiy xizmatlaringiz haqida tezkor va ixcham ma’lumot sahifasi.
SEO va CRM xizmatlari
Saytingizni qidiruv tizimlarida yuqoriga chiqarish va mijozlar bilan ishlashni avtomatlashtirish.
Loyihani ishlab chiqish jarayoni
Talablarni aniqlash
Biz siz bilan birga biznes maqsadlarini, auditoriyani, kerakli funksiyalarni (kontakt-forma, katalog, to‘lov, bron va.h.k.), hamda matn va rasmlarni to‘plashni aniqlaymiz. Ushbu bosqichda loyiha doirasi, byudjet va muddatlar rasmiylashtiriladi.
Dizayn va prototiplash
Vizual bloklar va shablonlardan foydalanib sahifa tuzilmasi va prototipini tayyorlaymiz — bosh sahifa, ichki sahifalar va mobil ko‘rinish. Siz prototipni ko‘rib chiqib tasdiqlaysiz yoki o‘zgartirish so‘raysiz.
Ishlab chiqish va integratsiya
Tasdiqlangan prototip asosida saytni bloklar yordamida quramiz, kontakt-formalar, to‘lov tizimlari, elektron pochta va analytics kabi xizmatlarni bog‘laymiz. Har bir funksiya sinovdan o‘tkazilib, mobil va brauzerga mosligi tekshiriladi.
Ishga tushirish va qo‘llab-quvvatlash
Sayt domen va hostingga joylanadi, SSL va yakuniy sinovlar o‘tkaziladi. Kirish ma’lumotlari, qisqa o‘quv qo‘llanma beriladi va kelishuvga muvofiq texnik qo‘llab-quvvatlash boshlanganidan keyin ham davom etadi.